Detailed information and price analysis for So'zgir: so'z topish o'yini. Find out if it's the best time to buy or if it's better to wait for a deeper discount.
So‘zgir — o‘zbek tilidagi so‘z o‘yinlari ilovasi. Ichida So‘ztop (so‘z topish o‘yini) va Yangso‘z modullari bor. Yashirin so‘zni belgilangan
urinishda toping: har taxmindan keyin kataklar rangi sizni javobga
yaqinlashtiradi.
QOIDA JUDA ODDIY
• Yashil — harf to‘g‘ri joyda
• Sariq — harf so‘zda bor, lekin boshqa joyda
• Kulrang — harf so‘zda yo‘q
O‘ZBEK ALIFBOSI TO‘G‘RI ISHLAYDI
SH, CH, O‘ va G‘ — bitta harf, ya‘ni bitta katakcha. Klaviatura ham
o‘zbekcha: tutuq belgisi ham joyida.
REJIMLAR
• Kunlik o‘yin — kuniga bitta so‘z, butun O‘zbekistonda bir xil
• Cheksiz — xohlagancha mashq qiling, 4 dan 7 harfgacha
• Kategoriya — mavzu tanlab o‘ynang: tabiat, taom, hayvonlar va boshqalar
BALL VA REYTING
Har topilgan so‘z uchun ball beriladi: qancha kam urinishda topsangiz,
shuncha ko‘p. Kunlik reyting bugungi ball bo‘yicha, umumiy reyting esa
jamlangan ball bo‘yicha tuziladi.
QO‘SHIMCHA IMKONIYATLAR
• Statistika: o‘yin soni, g‘alaba foizi, ketma-ket kunlar (streak)
• Topgan so‘zlaringiz ro‘yxati — sanasi va olingan bali bilan
• Yordam: yashirin so‘zning mavzusini ko‘rsatadi
• Qattiq rejim: ochilgan harflarni keyingi taxminlarda ishlatish shart
• Tungi rejim va tebranishni sozlash
• Natijani spoylersiz ulashish
INTERNETSIZ HAM ISHLAYDI
Lug‘at ilova bilan birga keladi, shuning uchun o‘yin internetsiz ham
ochiladi. Aloqa paydo bo‘lganda yangi so‘zlar o‘zi yuklanadi.
HISOB IXTIYORIY
Mehmon sifatida darhol o‘ynay olasiz. Hisob ochsangiz natijalaringiz
saqlanadi va boshqa telefondan ham kirish mumkin bo‘ladi.
Review / Comment